Grab Atome Financialʼning 60% ulushini 1,49 milliard dollarga sotib oladi

Grab Atome Financial kompaniyasidagi 60% ulushni 1,49 milliard dollarga sotib oladi. Bitim shartlariga koʻra, Atome 2 milliard dollardan 4,5 milliard dollargacha boʻlgan summada baholanmoqda. Qolgan 40% ulushni sotib olish esa taxminan ikki yildan keyin amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, yakuniy narx oʻsha paytdagi kompaniyaning daromadi va foydasiga asoslanib belgilanadi.
Atome mijozlarga boʻlib-boʻlib toʻlash tizimlari, isteʼmol kreditlari va boshqa raqamli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. Kompaniya Malayziya va Singapurda oʻzining boʻlib-boʻlib toʻlash xizmatini allaqachon yoʻlga qoʻygan. Atomeʼni sotib olish orqali kompaniya Filippin, Indoneziya va Tailandga ham kengayadi. Grab shuningdek uchta raqamli bankka egalik qiladi, bu esa Atomeʼning kreditlarini moliyalashtirish va xarajatlarni kamaytirishni osonlashtiradi.
Grab shuningdek 2028-yilga oid moliyaviy prognozini oshirdi va endi korrektirovka qilingan EBITDA (foizlar, soliqlar, amortizatsiya va qadrsizlanishdan oldingi daromad) koʻrsatkichini 1,7 milliard dollar darajasida kutmoqda. Atomeʼni sotib olgandan soʻng, kompaniyaning moliyaviy xizmatlar kredit portfeli 6 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Bitimning 2027-yilning uchinchi choragida yakunlanishi kutilmoqda.
Manba: Reuters
Eng soʻnggi bozor tahlillari va moliyaviy sharhlarni toʻgʻridan-toʻgʻri elektron pochtangizga oling. Spamsiz — faqat foydali maʼlumot.





