Microsoft Claude AIʼdan foydalanishni cheklaydi

Microsoft maʼlumotlar xavfsizligi bilan bogʻliq xavotirlar sababli xodimlariga Anthropic kompaniyasining yangi modeli — Claude Fable 5'dan foydalanishni cheklab qoʻydi. Bu qaror kompaniya yuridik boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan qoʻshimcha koʻrib chiqish jarayonidan soʻng qabul qilindi.
Muammo Anthropicʼning yangi maʼlumotlarni saqlash siyosati bilan bogʻliq. Yangi siyosatga koʻra, foydalanuvchi soʻrovlari va tizim javoblari 30 kun davomida saqlanadi. Maʼlum hollarda, agar tizim foydalanish qoidalarining buzilish ehtimolini aniqlasa, maʼlumotlarni saqlash muddati ikki yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Microsoftʼning yuridik boʻlimi hozirda ushbu yondashuvning kompaniyaning ichki xavfsizlik talablariga qanchalik mos kelishini va Claude Fable 5'dan korporativ muhitda foydalanish mumkinligini koʻrib chiqmoqda. Shunga qaramay, Claude Fable 5 dasturlash, maʼlumotlarni tahlil qilish va texnik vazifalar uchun eng kuchli modellardan biri hisoblanadi. Biroq Microsoft uchun hozirgi bosqichda asosiy ustuvorlik korporativ maʼlumotlarni himoya qilishdir.
Anthropicʼning bozordagi mavqei ham tez sanʼatda mustahkamlanmoqda. Kompaniya yaqinda IPO uchun ariza topshirdi va uning bahosi 965 milliard dollarga yetib, uni sunʼiy intellekt sohasidagi eng yirik oʻyinchilardan biriga aylantirdi.
Manba: Yahoo Finance
Eng soʻnggi bozor tahlillari va moliyaviy sharhlarni toʻgʻridan-toʻgʻri elektron pochtangizga oling. Spamsiz — faqat foydali maʼlumot.





